MENI OLIB KETING Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon, Titradi go‘yoki yer bilan osmon. Boshimga xastalik tushdi nogahon, Meni olib keting o‘z diyorimga. Issiq jon, deydilar, jon bo‘lsa bo‘lar, Payt kelsa chechak ham sarg‘ayar, so‘lar. Kim bilgay paymonang qay yerda to‘lar, Meni olib keting o‘z diyorimga. Ginam bor bu yurtning na havosidan, Mehribon doktorning na davosidan. Qaytarmang xastani muddaosidan, Meni olib keting o‘z diyorimga.
Sha’nimga g‘ayurlar bir so‘z demasin, Har kim o‘zi tortar umr kemasin. Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin, Meni olib keting o‘z diyorimga. Talpingan diyorim, u - O’zbekiston! Sehrini aytishga bormi hech imkon! Yo‘q, o‘zga yurtlarda berolmasman jon, Meni olib keting o‘z diyorimga.
Oct 16, 2016. Oleg vinnik a mne horosho s toboyu mp3 Kayguli sherlar sevgi. Mr jama sultan suleyman soundtrack for muxtesem yuz jil mp3 2016.
' Later Mueller added: 'We are trying to determine which reports about spam have the greatest impact, it is on them that we focus our attention and it is their anti-spam team that checks manually, processes and, if necessary, applies manual sanctions. Most of the other reports that come to us is just information that we collect and can use to improve our algorithms in the future. The answer was: No, we do not check all spam reports manually. Do you check each and every report manually?'
1981, Moskva Abdulla Oripov. INJU DIYOR UCHUN Qutlug‘ davralarda jam bo‘lgan mahal, Do‘stlarga baxt tilash azaliy odat. Keladigan bu yil tinch bo‘lsin avval, Baxsh etsin har kimga oliy saodat. Yoshlik - bu karvonning erka noridir, Daryoday toshqindir, jilg‘a kabi sof. Yoshlik - kelajakning xaloskoridir, Sira tark etmasin yoshlikni insof. Mo‘’tabar onalar - xonamiz ko‘rki, Otalar hayotdir - yorug‘dir jahon. Tiriklik nomiga bir o‘tinch shulki, O’rtaga tushmasin bemahal hijron.
Inju diyorimiz ko‘z bo‘lsa agar, Mudom omon bo‘lsin to‘garak zamin. Boshimiz silagan shu xalq mo‘’tabar, Daf’atan chekmasin farzandlar dog‘in. Yangi yil sha’niga aytmoqdamiz so‘z, Balki o‘tib ketar bir zum bu farah. Xalqimning mehnatin aylagin ko‘z-ko‘z Million chanoqlarda ko‘pirgan qadah. 1983 yil, noyabr Abdulla Oripov. O’ZBEKISTON BAYROG‘I Har qanday lashkarning ham O’z tug‘i, yalovi bor, Sen qaysi saltanatdan, Sen qaysi davlatdan kam.
Qo‘rg‘onlar qatorida Bir qo‘rg‘onsan ustuvor, Vallamat, tug‘dor yurtim, Muhtasham Respublikam. O’ylayman, ha, olamda Nisbiy erur ko‘p holat, Zamona g‘alviridan Har narsa o‘taverar. Tarix uchun va lekin Kim ham bergay kafolat, Yakka inson bir yo‘lchi: Kelaru ketaberar. Qadim-qadim zamonda Yunonlik haykaltarosh, Bir san’at yaratibdi, Maqsadi - bir burda non. Haykal esa asrlar Sinoviga bermish dosh, Bugun uni ko‘klarga Ko‘tarar butkul jahon. Ko‘zni kattaroq ochib Boqsang bu muammoga, Alam qilgulik qadar Kam yashar inson zoti, Faqatgina xalq sohib Bardavom bu dunyoga, Asragay har kas nomin Faqat xalqning hayoti. Sanasang hodisot mo‘l O’zbekning tarixida, Har biriga bir noma Yoki doston bitgulik.
Ne zotlar oqmagan bu Asrlar arig‘ida, Har biri bitta xalqning G‘ururiga yetgulik. Barchaga ayon erur Men aytgan ushbu gaplar, To hanuz asablarni Ezg‘ilar bu shum o‘tmish. Moziyga o‘qtin-o‘qtin Sochsak hamki g‘azablar, Lekin ayting, o‘zbekning Qo‘lidan kim ham tutmish? Bir kuni yovqur shoir Ya’ni Turdi Farg‘oniy, Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa Birlash deb qildi xitob. Bejavob qolaberdi Uning dardli so‘rog‘i, O’sha-o‘sha zamin kar, O’sha-o‘sha gung oftob.
Bugun zimdan nazar sol Sen mana bu bayroqqa, Mayliga bir daqiqa Unutgin turfa kekni. O quarto poder dublado 1982 free. Shu bayroq nomimizni Eltdi yiroq-yiroqqa, Shu bayroq birlashtirdi Parokanda o‘zbekni. 1984 Abdulla Oripov. O’ZBEKISTONIM, SENGA Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga, Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga. Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni, Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.
Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng, Bir umrga lek barobardir kerak onim senga. Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing, To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.
Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim, Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga. Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim, Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga. Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun, Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga. 1993 Abdulla Oripov. VATAN Agar do‘stlar erur sodiq bir-birin qiyratib bo‘lmas, Agar qilg‘il necha fitna alarni ayratib bo‘lmas. Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib bo‘lmas, Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Vatan deb men bayon qildim, ayo do‘stlar, muxammasni, Vatanni kim ulug‘ bildi, aziz bildim men ul kasni. Vatan deb jo‘sh urar ersa ko‘targum boshima xasni, Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas.
Nadomat birla boqg‘ayman vatansizlarga har doim, Egib boshini zor yig‘lar, agarchi davlati qoyim, Faqir bo‘lsam-da bor yurtim - toju taxtim, borar joyim. Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas. Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas. Bobolar kechmishin hargiz faromush aylamang, do‘stlar, Haqiqat tongi otganda ani tush aylamang, do‘stlar, Agar kim e’tiqodsizdur, ani xush aylamang, do‘stlar, Vatandan ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.